Kichik va o‘rta biznes uchun zarur bo‘lgan barchasi bir qurilmada
To‘lovning barcha turlarini qabul qiling - karta, NFC va QR orqali, 12 dan ortiq to‘lov xizmatlaridan foydalangan holda, xizmatlar va banklar orqali to‘lash uchun yagona QR Rahmat.
Kassa amallarini (X/Z-hisobotlar, savdo, qaytarish, avans, nasiya va b.) qo‘llab-quvvatlash
23.11.2019-yildagi 943-son VMQ talablariga javob beradi. ofd.uz saytidagi onlayn-NKM reyestriga kiritilgan
Poster va MoySklad bilan integratsiya. OpenAPI - O‘zbekistonning mashhur POS tizimlariga ulanish.
Tovarlar katalogi, o‘lchov birliklari, narxi va MXIK kodini boshqaring, shuningdek, savdo shoxobchalari va to‘lov turlari bo‘yicha sotuvlar, tovarlar reytingi hamda ko‘rsatkichlarni tahlil qiling.
Rahmat POS imkoniyatlari
Android tizimida ishlaydigan SUNMI terminali — katta va yorqin ekran, sezgir sensor hamda o‘rnatilgan shtrix-kod skaneriga ega zamonaviy qurilma. Qayta quvvatlanmasdan uzoq ishlaydi, eSIM va SIM-kartani, NFC hamda kontaktsiz to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishonchli va tezkor ushbu terminal kichik va o‘rta biznes uchun ayni muddao bo‘lib, to‘lovlarni qulay hamda xatosiz qabul qilish imkonini beradi.
Tovarlarni hisobga olish tizimi mahsulotlar nomenklaturasini yuritish, shtrix-kodlar va markirovkalarni skanerlash, tovar qoldiqlarini, savdo nuqtalari, kassirlar va to‘lov turlari bo‘yicha sotuvlarni kuzatib borish imkonini beradi. Barcha ma’lumotlar ko‘rgazmali statistikada jamlanadi, bu esa biznesni nazorat qilish, xaridlarni rejalashtirish va samaradorlikni tahlil qilishni osonlashtiradi. Tizim onlayn va oflayn rejimda 24 soatgacha ishlaydi, ma’lumotlar avtomatik tarzda sinxronlanadi.
Elektron cheklarning to‘liq fiskallanishi ma’lumotlarning soliq organlariga avtomatik uzatilishini, X va Z-hisobotlarning shakllantirilishini, smenalar, qaytarishlar hamda tuzatishlarning qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. Barcha operatsiyalar onlayn amalga oshiriladi, bu esa jarayonni shaffof va xavfsiz qiladi. Qulay interfeys kassirlarga xatosiz va tez ishlash imkonini beradi.
To'lov uchun yagona QR kod
Xizmatlar va banklar orqali to‘lov qilish uchun yagona QR Rahmat:
Uzcard, HUMO, Visa, Mastercard, SBP, Click, Payme,
Uzum va boshqalar.
Tezkor texnik yordam
Smart-kassaga oid har qanday savollar bo‘yicha
tez yordam ko‘rsatamiz.
- Veb-sayt orqali
- Shaxsiy kabinet orqali
- Telegram-bot orqali
- Telegramdagi umumiy guruhda
- Ishonch telefoni raqami orqali
Ariza berish shakli
Savollaringiz qoldimi? Bizda javoblar bor!
Biz bilan bog‘laning – barcha
savollaringizga tez va sodda javob beramiz!