Bankka bormasdan ulanish
Rahmat POS terminalini bosqichma-bosqich sozlash.
Qurilmani 10 daqiqada o‘zingiz faollashtiring
va to‘lovlarni bugunoq qabul qiling!
Video qo'llanma ko'rish
Qurilmani 10 daqiqada o‘zingiz faollashtiring
va to‘lovlarni bugunoq qabul qiling!
Sozlash
Sozlash va ro‘yxatdan o‘tkazish
1
Qurilmani yoqing.
2
Tilni tanlang, internetga ulaning va vaqt mintaqasini +5:00 (Toshkent) qilib belgilang.
3
Ilovalar avtomatik yuklanib, ekranda QR-kod paydo bo‘lguncha kuting (internetni o‘chirmang).
4
Smartfoningiz kamerasi bilan terminal ekranidagi QR-kodni skanerlang va Telegram-botga o‘ting.
5
Mulkchilik shaklini tanlang (YaTT yoki yuridik shaxs), so‘ng JSHSHIR va telefon raqamingizni kiriting.
6
Telefoningizning o‘zida MyID (yoki Mobile-ID) tizimi orqali shaxsingizni tezkor tasdiqlashdan o‘ting.
7
Hisobvaraqni tekshiring (u avtomatik yuklanadi) va “Davom etish” tugmasini bosing.
8
Ma’lumotlarni kiriting: savdo shoxobchasi nomi, mahsulot/xizmat turi, MXIK va soliqqa tortish turini ko‘rsating.