O‘zbekistonda ekvayring: bilish muhim bo‘lgan jihatlar
24.08.2026
Karta orqali to‘lov qilish ancha vaqtdan beri qo‘shimcha xizmat sanalmaydi: xaridor buni tabiiy hol deb biladi, kassada terminalning yo‘qligi esa noqulaylik tug‘diradi. Biznesga naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi texnologiya ekvayring deb ataladi.
Bu qanday ishlaydi?
Mijoz kartasi yoki smartfonini terminalga yaqinlashtiradi, ma’lumotlar protsessing markaziga yuboriladi, bank operatsiyani tasdiqlaydi va pul sotuvchining hisobvarag‘iga kelib tushadi. Butun jarayon bir necha soniya vaqt oladi.
Savdo ekvayringi jismoniy nuqtalarda — do‘kon, kafe, dorixona yoki yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ishlaydi. Uning uchun to‘lov terminali zarur. Internet-ekvayring esa onlayn savdolarni ta’minlaydi: to‘lov shakli sayt yoki ilovaga o‘rnatiladi va xaridor o‘z buyurtmasi uchun to‘lovni shuning o‘zida amalga oshiradi. Bugungi kunda ko‘plab kompaniyalarga har ikkala usul ham bir vaqtda kerak bo‘lmoqda.
Narx nimaga bog‘liq?
Asosiy xarajat moddasi — har bir operatsiyadan olinadigan komissiya. Uzcard va HUMO milliy kartalari bo‘yicha stavkalar Visa va Mastercard’nikiga qaraganda ancha past. Yakuniy shartlarga kompaniyaning pul aylanmasi, faoliyat sohasi va to‘lovlarni qabul qilish usuli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, takliflarni reklamadagi bitta raqamga qarab emas, balki o‘z pul aylanmangizdan kelib chiqib, to‘liq hisob-kitob asosida taqqoslash to‘g‘ri bo‘ladi.
Ulanish uchun nima kerak?
Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobvaraq ochish va ekvayer bilan shartnoma tuzish kerak bo‘ladi. Keyin esa savdo nuqtasiga terminal o‘rnatish yoki saytga to‘lov modulini integratsiya qilish lozim. Agar infratuzilma tayyor bo‘lsa, ulanish odatda bir kundan bir necha ish kunigacha davom etadi.
Oldindan nimalarni hisobga olish kerak?
Ekvayringni kassa apparati bilan bog‘lash masalasini oldindan o‘ylab ko‘rgan ma’qul: agar terminal va onlayn-NKM alohida ishlasa, kassir bitta savdoni ikki marta uradi, bu esa hisobotlarda xatoliklarga olib kelishi muqarrar. To‘lovni qabul qilish va fiskallashtirishni o‘zida birlashtirgan qurilmalar bu muammoni hal qiladi.
Ekvayring — bu bir martalik uskunalar xaridi emas, balki biznes har kuni foydalanadigan xizmatdir. Shu bois hozirgi vaqtda stavkalardan ko‘ra protsessingning ishonchliligi, pul mablag‘larining kelib tushish tezligi va texnik yordam muhimroqdir. Rahmat to‘lov yechimlari — kassadagi terminaldan tortib, saytda to‘lov qabul qilishgacha — qanday ishlashini ko‘rib chiqing.
Dolzarb ma'lumot